08:17 Vazirlik 25 oktyabrdan talabalar ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi | |
Kecha, 24 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalari talabalari 25 oktyabrdan 3 haftalik ta’tilga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirib, u haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Vazirlik fuqaro va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini, yolg‘on xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasiga (“Yolg‘on axborot tarqatish”) ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|