16:17 Xalq ta’limi vaziri ota-onalarga murojaat qildi | |
Shu sababli Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ot-onalarga murojaat bilan chiqdi. «29-mart kunidan boshlab, 4-chorak darslari boshlanishi munosabati bilan, ota-onalardan koronavirus infeksiyasining ko‘payishi sharoitida, maktablarning masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shu o‘rinda, yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz, o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy o‘quv yilida gibrid ta’lim tizimi joriy etilgan, ya’ni farzandini maktabga yuborib an’anaviy ta’lim olishi yoki uydan bepul televizion «Onlayn maktab» kanallari orqali masofaviy ta’lim olishi bo‘yicha qarorni ota-onalarning o‘zi qabul qiladi. Epidemiologik holat og‘irlashgan hududlarda, mahalliy hokimlik organlariga karantin talablarini kuchaytirish choralarini ko‘rish vakolati berilgan. Shuni inobatga olib, hududiy hokimliklar ba’zi tumanlardagi maktablarni to‘liq masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin. O‘z navbatida, maktablarning ma’muriyatiga sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha topshiriq berilgan»,- deyiladi murojaatda. Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi ko‘payishi ortidan Toshkentdagi uchta tumanda o‘qish onlayn shaklga o‘tkazilgandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|