18:06 Xitoy AQShga xavf tug‘diradigan atom suv osti kemasini namoyish qildi | |
Suv osti kemasi 2021 yil 23 aprelda ekspluatatsiyaga topshirilgan, bu XOA Harbiy-dengiz kuchlari tashkil etilganining 72 yilligini nishonlashga to‘g‘ri keldi. U 10 000 km dan ortiq parvoz masofasiga ega bo‘lgan eng yangi JL-3 qattiq yoqilg‘ili qitʼalararo raketalarini tashishga qodir, bu esa Qo‘shma Shtatlardagi nishonlarni urish uchun yetarli. Shu bilan birga, Xitoy 093 loyihasining ko‘p maqsadli yadro suv osti kemasining so‘nggi versiyasini namoyish etdi. Ikkala suv osti kemasi ham 16 oktabrda ochilishi kerak bo‘lgan Xitoy Kommunistik partiyasining muhim 20-Qurultoyi oldidan Xitoy markaziy televideniyesida “Lyaonin” aviatashuvchisi ekipajining tayyorgarligi haqidagi reportajda ko‘rsatildi. Videoda 094A suv osti kemasi kapitani Chjan Syaopen ham ko‘rinish bergan, deb yozadi gazeta.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|