21:07 Xitoyning Uxanida vabo aniqlandi | |
Xitoylik epidemiologlar Uxan universitetida bir odam vabo kasalligiga chalingani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Bu haqda bugun, 11 iyul kuni Uchan shahar tuman sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi. Hujjatda ta’kidlanishicha, serologik tahlil ushbu infeksiya bilan kasallanish holatini tasdiqlagan. Bemorning asosiy belgilari ich ketishi va isitma bo‘lib, ayni vaqtda u davolanmoqda. Kasallikning manbai hali topilmagan. Markaz mutaxassislari tomonidan universitet binolari dezinfeksiya qilingan. Uxanda vabo aniqlangani haqida dastlab kecha, 10 iyul kuni “Tyanmu sinven” axborot portali xabar tarqatgandi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, bemor Uxan universitetining muhandislik fakulteti yotoqxonasida aniqlangan. Binoda yashagan barcha talabalar testdan o‘tkazish uchun yuborilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|