19:57 Xorijga sotib yuborilgan 35 oʼzbekistonlik vatanga qaytarildi | |
Qayd etilishicha, Oʼzbekiston fuqarolari majburiy mehnat va jinsiy ekspluatatsiya maqsadida xorijiy davlatlarga, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi va Qozogʼistonga olib chiqib ketilgan. “Odam savdosi – insonni oldi-sotdining obʼekti sifatida foydalanish va ekspluatatsiya qilish koʼrinishidagi global jinoyat. Jinsi, yoshi va kelib chiqishidan qatʼi nazar har qanday shaxs ushbu hudud va chegara bilmas jinoyat qurboniga aylanishi mumkin. Odam savdosiga qarshi dunyo miqyosida kurash olib borish USAID hamda Аmerika Qoʼshma Shtatlari hukumatining eng muhim ustuvor yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. 2005 yildan buyon AQSh hukumati USAID agentligi orqali Oʼzbekistonda odam savdosi toʼgʼrisidagi xabardorlik darajasini oshirish va undan jabrlanganlarga yordam koʼrsatish uchun 9,6 million dollardan ziyod miqdorda mablagʼ ajratdi”, deydi USAIDning Oʼzbekistondagi missiyasi direktori vazifasini bajaruvchisi Luann Gronxovd. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar aniqlangandan soʼng USAID ularni vataniga xavfsiz tarzda qaytarish va jamiyatga qayta integratsiyalashishda koʼmaklashadi. Mamlakatga qaytgan migrantlarga, shu jumladan, odam savdosidan jabrlangan shaxslarga psixologik xizmatlar, huquqiy maslahatlar, ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash va kasbiy taʼlim olish imkoniyatlari taqdim etiladi. Reabilitatsiya xizmatlaridan tashqari, USAID odam savdosi jabrlanuvchisiga aylanib qolish xavfi ostida boʼlgan guruhlarga kiruvchi shaxslarga ham yordam koʼrsatadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|