22:27 Yana bir mamlakat koronavirusdan xoli davlatlar qatoriga kirish arafasida | |
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan koronavirus statistikasiga ko‘ra, Tunisda ketma-ket ikki kundan buyon birorta ham COVID-19 infeksiyasining yangi holati qayd etilmadi. “25 maydan beri infeksiyaning umumiy soni o‘zgarmadi va 1051 ni tashkil etmoqda, 929 kishi to‘liq tuzaldi, 48 bemor vafot etdi. 24 maydan beri esa bironta ham o‘lim holati qayd etilmadi. Kasalxonada tahlillari musbat bo‘lib chiqqan 74 nafar bemorning atigi ikkitasi davolanmoqda”, deyiladi xabarda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|