11:36 Yaponiyadagi eng faol vulqon otila boshladi. | |
Taʼkidlanishicha, vulqon 2 200 metr balandlikka kul va tutun uloqtirgan. Hodisada jabrlanuvchilar va vayrongarchiliklar yoʼqligi aytilmoqda. Vulqon kecha, 24 iyul kuni ham otilgandi. Yaponiya meteorologik agentligi Sakuradzima vulqoni otilishi munosabati bilan odamlarni maksimal xavf darajasini eʼlon qilgan. Bu esa yaqin-atrofdagi odamlarni koʼchirishni qiladi. Аgentlik odamlarni kraterdan 3 kmgacha boʼlgan masofada ehtiyot boʼlishga chaqirdi. Bundan tashqari, eng xavfli hududlardan bir necha oʼnlab aholi evakuatsiya qilindi. Sakuradzima – Yaponiyadagi eng faol vulqonlardan biri. Uning otilishi muntazam ravishda sodir boʼladi. U yirik Kagosima yaqinidagi koʼrfazdagi yarim orolda joylashgan. Togʼning balandligi taxminan 1,1 ming metrni tashkil qiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|