20:30 «Yashil» va «sariq» hududlarda jamoat transporti sifatida avtobuslar harakatiga ruxsat beriladi | |
8 iyundan jamoat transporti sifatida avtobuslar harakatlanishiga ruxsat berildi.Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq joriy yilning 8 iyunidan «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. «Damas», mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno hisoblanadi. Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat'iy rioya qilish talab etiladi:
Transport vazirligining mas'ul xodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi. Maxsus komissiya qarorida yo‘lovchilardan esa karantin talablariga qat'iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlash so‘ralgan, jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatilgan. Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli 22 martdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to'xtatilgandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|