10:30 Toshkentda harakatdagi avtobuslar soni ko‘paytirildi | |
Toshkentda havoning keskin sovishi natijasida ko‘chalarda transportdan foydalanishda bir qator muammolar yuzaga kelishi inobatga olinib, fuqarolardan shaxsiy avtomobillaridan foydalanmaslik so‘ralyapti. Shuni inobatga olib, "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati bugun 19 noyabr kuni fuqarolarning shaxsiy transportlaridan foydalanmasliklarini tavsiya etgan holda, jamoat transporti (avtobuslar) sonini maksimal darajada ko‘paytirishini ma’lum qildi. Quyida 19 noyabr poytaxt bo‘ylab harakatdanadigan avtobuslar soni va qaysi avtobus saroyidan nechta avtobus harakatlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin: 1. 1-Avtobus saroyi: 107 ta 2. 2-Avtobus saroyi: 121 ta 3. 4-Avtobus saroyi: 104 ta 4. 5-Avtobus saroyi: 90 ta 5. 7-Avtobus saroyi: 118 ta 6. 8-Avtobus saroyi: 174 ta 7. 12-Avtobus saroyi: 133 ta 8. 18-Avtobus saroyi: 144 ta Umumiy hisobda 991 ta avtobus yo‘nalishga chiqarilishi belgilangan. Avvalroq, FVV mamlakatdagi noqulay ob-havo sharoiti hafta oxirigacha saqlanib qolishini ma’lum qilgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|