18:00 Yer yuzida faqat ikkita davlatda ajrashish mumkin emas! | |
Yer yuzidagi faqat ikkita davlatda ajrashish qonun bilan taqiqlangan. Bular Vatikan va Filippin. Vatikanda 1629 yilda Rim papasi Klement VII tomonidan ajrashishni taqiqlash to‘g‘risida qonun qabul qilingan. 2015 yilda Papa Fransisk tomonidan bu qonunga bir muncha o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda mamlakat fuqarolariga alohida hollarda ajrashishga ruxsat berilishi mumkin. Filippinda ham bu qonun katolik mazhabi ta’sirida qabul qilingan. Faqat musulmonlar uchun katta sarf-xarajat va hujjatbozlik evaziga nikohni bekor qilishga ruxsat berilar edi. Keyingi yillarda mamlakatda ajrashishlarni soddalashtirish masalasi parlament tomonidan tez-tez muhokama qilinmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|