22:31 To‘yxonalar faoliyatiga 1 oktyabrdan ruxsat berilgan, faqat... | |
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida brifing o'tkazildi. Unda hozirgi vaziyatda to‘y marosimlarini to‘yxonalarda o‘tkazish tartibi haqidagi savolga javob qaytarildi. — Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-sentyabrdagi yig‘ilish bayoniga asosan karantin choralarini yumshatish munosabati bilan 2020-yil 1-oktyabrdan to‘yxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan. Bunda, to‘yxonalar oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilangan, — dedi Botir Qurbonov.
Manba: "xabar.uz"
| |
|