11:40 Zidan qachon murabbiylik faoliyatiga qaytishi maʼlum boʻldi | |
Zinedin Zidan JCh-2022dan keyin Fransiya terma jamoasini boshqaradi. Libertad Digital nashri xabariga koʻra, “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) bilan jahon chempionatidan soʻng Didye Deshamning oʻrniga terma jamoaga murabbiylik qilish boʻyicha kelishuvga erishgan. Deshamning amaldagi shartnomasi 2022-yilning dekabrida yakuniga etadi. Zidan jahon chempionati natijalaridan qatʼiy nazar Fransiya terma jamoasini boshqaradi. Qayd etilishicha, Zidan 2021-yilning may oyida “Real”dan ketganidan keyin PSJ va “Manchester Yunayted” u bilan muzokara olib borishga uringan, biroq murabbiy Fransiya termasini boshqarishni orzu qilgan va FFFdan taklif kutayotgan boʻlgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|