16:16 Manba: APLda “yangi boy” paydo boʻldi | |
Erling Xoland “Manchester Siti”da haftasiga 865 ming funt pul ishlab topyapti. Norvegiyalikning haftalik asosiy maoshiga oson erishiladigan, deyarli kafolatlangan bonuslar qoʻshiladi, deb yozadi Daily Mail. Shu tariqa, jami 22 yoshli hujumchi haftasiga 865 ming funt oladi. Bu uni Premer-ligadagi eng koʻp maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. Kevin de Bryuyne “Siti”da haftasiga 375 ming funt maosh oladi, Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi maoshi esa haftasiga 480 ming funtni tashkil qiladi. Qayd etish mumkin, joriy mavsum boshida Xoland klub uchun 12 oʻyinda 19 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|