21:34 Yozning birinchi kuni jazirama bilan boshlanadi | |
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 1 iyun kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +17 daraja, kunduzi +33 ... +35 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +33 ... +38, Urganchda kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +37 ... +42 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +30 ... +35 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +15 ... +20, kunduzi +33 ... +38 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|