18:24 YPX xodimlari haydovchilardan gaz ballon hujjatini so‘rashga haqlimi? | |
YPX xodimlari xaydovchilardan gaz ballon hujjatini so‘rashga haqqi yo‘q. Bu xaqda bugun, 15 dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linma boshlig‘i Murod Sheraliyev ma’lum qildi.
Bo‘linma boshlig‘ining aytishicha, ayrim YPX xodimlari favqulotda holatlar oldini olish va gaz ballonlarning muddatini ko‘rish maqsadida uning hujjatlarini so‘rashlari mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|