Главная » 2020 » Май » 5 » Yulduz Usmonovaning hayoti xavf ostidami?
11:57

Yulduz Usmonovaning hayoti xavf ostidami?


Xabaringiz bor, kecha, 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmenti Yulduz Usmonovaning Ichki ishlar xodimlarini tanqid qilib, haqoratlagani ortidan “portladi”.

Usmonovaning videosi bo‘yicha Madaniyat va Ichki ishlar vazirliklari o‘z munosabatini bildirdi. IIV holat bo‘yicha surishtiruv boshlanganini ma'lum qildi.
 

QALAMPIR.UZ Usmonovaning haqoratli videosi bo‘yicha IIV Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida G‘iyosov Yulduz Usmonovaning haqoratlarini og‘ir qabul qilganlar oz emasligini va endi uning o‘zini yana ichki ishlar xodimlari qo‘riqlashiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Hozir shunaqa bo‘lishi mumkinki, Usmonovani o‘zining gapidan o‘zini himoya qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ayrim odamlar bu gaplarga chidolmasa qasd qilmoqchi bo‘lishi ham mumkin. Shunday vaziyatda begona odam unga zarar yetkazib qo‘ymasin deb, yana uni qo‘riqlashga to‘g‘ri keladi”, deydi Shohruh G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, Usmonova internetni portlatgan videosida Ichki ishlar organlari xodimini nomardlikda ayblagan. U uyi oldida to‘plangan xayriyani manziliga yetkazish uchun YPX xodimidan yordam so‘raganini, u bilan kelishgan xodim esa kelmaganini aytib, ichki ishlar xodimlarini haqoratli so‘zlari bilan “savalagan”.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Yulduz Usmonovaning, ostidami, hayoti xavf | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz