21:17 Yulduz Usmonovaning lisenziyasi to‘xtatilmagan - Madaniyat vazirligi | |
Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning lisenziyasi bekor qilinganligi va xonanda ijrosidagi qo‘shiqlar telekanalar efirlaridan olib tashlanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati ushbu xabarlar asossiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Yulduz Usmonova o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va uning ijodiga hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Axborot xizmati
Manba: "xabar.uz"
| |
|