12:30 Yurakni "o‘ldiradigan" mahsulotlar nomi ma’lum bo‘ldi | |
Biz iste’mol qiladigan ovqatlar ba’zi hollarda surunkali yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Tadqiqot Journal of American College of Cardiologyda chop etilgan. Mutaxassislar qizil va qayta ishlangan go‘sht, tozalangan don va shakarli ichimliklar tanada yallig‘lanishni keltirib chiqarishini aniqladilar. Natijada qon tomir va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi. Yallig‘lanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tizimli iste’mol qilish bilan yurak xastaligi xavfi 46 foizga, qon tomirlari kasalligi ehtimoli esa 28 foizga oshadi. Garvard jamoat salomatligi maktabi doktor Jun Li boshchiligidagi tadqiqotchilar qondagi yallig‘lanish biomarkerlari miqdorini hisoblash asosida yallig‘lanishli ovqatlanish indeksini tuzdilar. Xatarlarni kamaytirish uchun mutaxassislar diyetada ko‘proq antioksidant va tolani iste’mol qilishni maslahat berishadi. Ular karam, ismaloq kabi yashil bargli sabzavotlarda uchraydi. Bundan tashqari, oshqovoq, sariq qalampir, loviya, sabzi, qahva, choy va sharob foydali ekanligi ta’kidlandi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|