Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » Zanjabilni (imbir) ratsionga kiritish uchun 9 sabab
18:06

Zanjabilni (imbir) ratsionga kiritish uchun 9 sabab


Zanjabil (imbir)ning salomatlik va tashqi ko‘rinishga ta’siri beqiyos. Bir qancha kasalliklarning oldini olish, yosh va sog‘lom ko‘rinishga sabab bo‘ladigan mahsulotni iste’mol qilish kerakligining asosiy sabablariga to‘xtalib o‘tamiz.

Yallig‘lanishning oldini oladi

Zanjabil yallig‘lanish, virus va bakteriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Undan tayyorlangan qaynatma anginaga, “kompress” yuzdagi yallig‘lanishga, zanjabilli choy gripp va shamollashga qarshi samarali hisoblanadi.

Yog‘larni eritadi

Moddalar almashinuvi uchun foydali hisoblangan ushbu mahsulotdan tayyorlangan bir stakan qaynatma kun bo‘yi to‘q tutadi. Uning iste’molidan keyin organizmdagi kaloriya erib, metabolizm yaxshilanadi.

Sochlar uzunlashadi

Kokos va yog‘i va zanjabil sharbati aralashmasi soch to‘kilishining oldini oladi va yangi soch tolalari o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Bunday niqobni haftasiga ikki marta soch ildizlariga surtilsa, juda tez orada sezilarli natija seziladi.

Teri erta qarishining oldini oladi

Mazkur mahsulot tarkibidagi antioksidantlar nafaqat teri hujayralarining yallig‘lanish jarayoniga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, balki terining tiniq va tarangligini ta’minlovchi kollogenning faollashishiga sababchi bo‘ladi. Zanjabilni yuz yoki terining boshqa qismidagi dog‘larga kuniga ikki yoki uch marta surtilsa, yarim oyda ijobiy natija berishi mumkin.

Husnbuzarlardan qutulishga yordam beradi

Antiseptik va antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lgan zanjabil husnbuzar keltirib chiqaradigan bakteriyalarga qarshi ta’sir qiladi. Bundan tashqari teri yangilanishi va qon aylanishi yaxshilanishiga sababchi bo‘ladi. Buning uchun yuz niqobiga bir-ikki tomchi zanjabil sharbatini qo‘shish kifoya.

Qazg‘oqqa qarshi yaxshi samara beradi

Uning tarkibiga kiruvchi antiseptik va antioksidantlik xususiyatiga ega moddalar qazg‘oq, qichima va teri qurishiga ham qarshi samarali hisoblanadi. Buning uchun qirg‘ichdan chiqarilgan zanjabilni jojoba yog‘i bilan aralashtirib bosh terisiga surtish kerak.

Selyullitni kamaytiradi

Zanjabil qondagi sirkulyatiya, qon aylanishi va regeniratsiyasini yaxshilaydi va selyullitni kamayishiga sabab bo‘ladi. Buning uchun bir stakan shakar, yarim stakan limon sharbati va qirg‘ichdan chiqarilgan zanjabil hamda zaytun yoki o‘simlik yog‘i aralashmasini har gal dush qabul qilganda qo‘llash tavsiya qilinadi.

Yara va shilinishlarning bitishiga sabab bo‘ladi

Tarkibidagi yallig‘lanishga qarshi moddalar tufayli ham zanjabil yara va shilinishlarning bitishiga sabab bo‘ladi, hujayralar regeniratsiyasini yaxshilaydi. Buning uchun yara bo‘lgan teri qismiga zanjabil surtish kerak xolos.

Demensiyaning oldini oladi

Demensiya deb bosh miyaning zararlanishi oqibatida yuzaga keladigan va aqliy qobiliyatning sezilarli darajada pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan asab tizimi kasalligiga aytiladi. Zanjabil esa boshqa tana a’zolari singari miyada ham yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi va xotira zaiflashishining oldini oladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: kiritish, Zanjabilni, 9 sabab, ratsionga | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz