19:42 Ziyoda farzand kutmoqda | |
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova farzand kutmoqda. Bu haqda xonandaning dugonasi, aktrisa va xonanda Madina Mumtoz ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Qalampir.uz”. 7-yanvar kuni Ziyoda Qobilova 28 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Madina Mumtoz “Navro‘z” radiosi orqali dugonasini tabriklab, Ziyodaga uzoq umr va ijodiy barkamollik tilash barobarida, farzandi sog‘lom dunyoga kelishini ham tiladi. Ziyoda Qobilova 1989-yilda tavallud topgan. U 2012-yilning noyabr oyida turmushga chiqqan bo‘lib, xonandaning Kamron ismli o‘g‘li bor.
Manba: "daryo.uz"
| |
|