18:08 Chet ellik xonandalar Ziyodadan qo‘shiq o‘g‘irladi | |
Ko‘pincha, o‘zbek xonandalari chet ellik xonandalar ijodiga murojaat qilib, ularning qo‘shiqlarini qayta kuylaydi. O‘zbek estradasida bu hol tez-tez kuzatiladi. Chet ellik xonandalar o‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni olib, o‘z tilida qayta kuylashi esa har doim ham uchraydigan holat emas. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyodaning bir nechta qo‘shiqlarini chet ellik xonandalar o‘g‘irlab, qayta kuyladi. “Sevadi yorim mani”, “Xayolim”, “O‘yna-o‘yna” kabi Ziyoda ijodidagi xit taronalar turkmanistonlik va ozarbayjonlik ijodkorlarning ona tillarida jarang sochdi. Xonandaning o‘zidan mazkur holatga munosabatini so‘raganimizda u bundan xafa emasligini, aksinchi xursand ekanligini ma’lum qildi. Quyida Ziyodaning qo‘shiqlarining asl varianti va o‘g‘irlangan variantini tinglab, baho berishingiz mumkin.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|