20:51 19-noyabrdan havo keskin sovushi kutilmoqda | |
19-noyabrdan O‘zbekiston hududida havo harorati keskin tushishi kutilmoqda. Bu haqda, “O‘zgidromet” prognozlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda. 21-noyabrga kelib havo harorati kechki soatlarda Selsiy bo‘yicha -2… -7 darajaga, kunduzi esa -2… +3 daraja bo‘ladi. Shuningdek, 19–21-noyabr kunlari O‘zbekistonning turli hududlarida qor yoki yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17–22 metr/sekundgacha bo‘ladi. Shu ko‘rsatkichlarga yaqin havo harorati 27-noyabrga qadar saqlanib qolishi aytilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|