17:37 Dam olish kunlarida ham sovuq ob-havo saqlanib turadi | |
«O‘zgidromet» kelayotgan dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Kecha mamlakatimiz ko‘chalarida bahorgi ob-havo hukum surayotgan edi. Havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10-12o ga yuqori bo‘ldi, lekin kechasi shamol kuchaydi va qor yog‘ishi boshlandi, ba’zi joylarda shamol 25-30 m/s gacha kuchaydi va harorat keskin pasaydi. Bugun mamlakatimizning barcha hududlari Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududidan kirib kelgan sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Kun davomida mamlakatimizning ko‘p hududlarida qor yog‘ishi kuzatiladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati 2-5o sovuq bo‘ladi. Ertaga O‘zbekiston hududlariga sovuq atmosfera fronti ta’siri saqlanib turadi, respublikaning shimoliy va sharqiy hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10o sovuqni, kunduzi 0-5o sovuqni tashkil etadi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 5-10o gacha bo‘lgan sovuq kuzatiladi, kunduzi havo biroz manfiy qiymatlargacha isiydi va 0-3o iliq atrofida. Shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati iqlimiy me’yorlardan 8-10o ga past bo‘ladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|