13:55 2021 yil 1 yanvarda tug‘ilgan bolalar XXII asrda yashashadi | |
BMTning YUNISEF Bolalar jamg‘armasi 2021 yilda qancha bolalar tug‘ilishi bilan bog‘liq taxminini e’lon qildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvarida tug‘ilgan bolalarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84 yoshni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, 2021 yilning birinchi kunida tug‘ilgan odamlar XXII asrda yashashadi. Ma’lum qilinishcha, 2021 yilning birinchi kunidagi ilk go‘dak Tinch okeanidagi Fiji arxipelagida dunyoga kelgan. Taxminlarga qaraganda, bugun kechgacha dunyo bo‘ylab 371 ming bola tug‘ilishi kutilmoqda. Ularning yarmidan ko‘pi Hindiston, Xitoy, Nigeriya, Pokiston, Indoneziya, Efiopiya, AQSH, Misr, Kongo va Bangladeshga to‘g‘ri keladi. “Umuman olganda, 2021 yilda 140 millionga yaqin bola dunyoga keladi”, deya taxmin qilmoqda tahlilchilar.
Manba: "aniq.uz"
| |
|