17:15 2100-yilga kelib dengiz sathi 6 baravar yuqoriga ko‘tariladi | |
Dartmut kolleji va Kaliforniya universiteti iqlimshunoslarining fikricha, Grenlandiya muzliklarining tez erishi global dengiz sathining 2100-yilga borib kutilganidan olti baravar yuqori ko‘tarilishiga olib keladi. Shimoli-sharqiy Grenlandiya muz oqimining erishi joriy asr oxiriga kelib dengiz sathi 1,3 santimetrga yoki undan ko‘proqga ko‘tariladi, deydi olimlar. Taqqoslash uchun, Grenlandiyaning butun muz qatlamining erishi so‘nggi 50 yil ichida global dengiz sathiga shuncha santimetr qo‘shdi. 2012-yilda okeanning iliq oqimlarining kirib kelishi Shimoliy-Sharqiy Grenlandiya muz oqimining muzlikning asosiy qismidan ajralib chiqishiga olib keldi. Bu Grenlandiya muz qatlamini yupqalash jarayonini tezlashtirdi. Tadqiqotchilar bu yupqalash Grenlandiyaning 200-300 kilometr chuqurligiga cho'zilishi va qalqonning boshqa muzliklari ham xuddi shunday taqdirga duch kelishi mumkinligini aniqladilar. Tadqiqot yuqorida qayd etilgan suzuvchi muzlikda oʻrnatilgan GPS tizimlari va sunʼiy yoʻldoshlar tomonidan olingan maʼlumotlarga asoslanadi. Ma’lumotlar matematik modelni yaratish uchun ishlatilgan, bu uning hozirgi iqlim modellari taklif qilganidan 6 baravar tezroq erishi mumkinligini ko‘rsatdi. Yerdagi o‘rtacha harorat so‘nggi ikki asr davomida inson faoliyati tufayli sayyoramiz atmosferasiga karbonat angidridning faol chiqishi bilan birga doimiy ravishda ko‘tarilib bordi. Bu Yerni o‘ziga xos issiqxonaga aylantirib, iqlimning isishiga, muzliklarning erishiga, shuningdek, dengiz sathining ko‘tarilishiga olib keladi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|