23:31 29-o‘lim. Toshkentlik 77 yashar ayol koronavirusdan vafot etdi | |
Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatdagi 29 o‘lim holati bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Toshkentda yashovchi 77 yoshli N. G. shu yilning 7 iyunidan 16 iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan. Shu yilning 23 iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. U oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan. Bemorga (ayol) Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan. Shu yilning 2 iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|