16:09 Toshkentlik 66 yoshli bemor koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi | |
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Bu mamlakatdagi 56-qurbon bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Toshkentda yashovchi 66 yoshli M.R. joriy yil 1 iyuldan shahar 1-son klinik shifoxonasida davolangan. Unga “COVID-19” og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklari bilan og‘rigan. Bemor bundan avval, oxirgi 12 yildan buyon qandli diabet kasalligi bilan davolanib kelgan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|