Главная » 2021 » Июнь » 19 » AQSH olimlari koronavirusning tugashi shartini ma’lum qildi
13:02

AQSH olimlari koronavirusning tugashi shartini ma’lum qildi


Amerikalik olimlar koronavirus pandemiyasining tugashini asosan fuqarolari emlanmagan davlatlarga, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga vaksinalarni yetkazib berish orqali tezlashtirish mumkin, deb hisoblashadi.  

Luiziana universiteti sog‘liqni saqlash maktabining epidemiologiya professori va tadqiqot masalalari bo‘yicha dekan yordamchisi Edvard Trapidoning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va boshqa mamlakatlarning emlanmagan fuqarolari antitanalar sonini kamaytirishdan ko‘ra muhimroqdir. Mutaxassis pandemiya 2022 yilda nihoyasiga yetadi, shundan so‘ng kasallik yanada keng tarqaladi, deb hisoblaydi. 

“Odamlar sayohat qiladi, boshqalari urush va xavfli vaziyatlardan qochadi, virus esa mutatsiyaga uchraydi”, degan Trapido. 

Olim vaksinalarni tarqatish bo‘yicha sa’y-harakatlar Braziliya, Hindiston, Pokiston, Nepal, Janubiy va Markaziy Amerika hamda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga qaratilishi kerakligini ta’kidlagan. 

Konnektikut universiteti virusologiya va vaksinologiya professori, doktor Paulo Verardi, yuqish davrlarini buzadigan immunitet darajasiga erishish uchun mamlakatlar aholining kamida uchdan ikki qismini emlashlari kerak, degan fikrni bildirgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 178 mln 608 ming 257 kishiga yetgan. 3 mln 867 ming 88 kishi kasallikdan vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, tugashi, shartini, koronavirusning, olimlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz