09:58 O‘zbekistonda ham qayd etilgan “Britancha” koronavirusning dastlabki belgilari qanday? | |
Buyuk Britaniya Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, “britancha” koronavirus simptomlari COVID-19 nikiga o‘xshashdir. Yangi turdagi shtammga chalingan bemorlar qo‘yidagilardan shikoyat qilgan: • Ba’zilarda tana harorati sezilarli darajada yuqori bo‘lgan, boshqa bemorlarda tana harorati normal darajada saqlanib qolgan; • yo‘tal asosan quruq bo‘lib, bemorlar kuchli tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilmagan; • bosh og‘rig‘i va hid bilmaslik kuzatilgan. Shuningdek, britaniyalik olimlar yangi virusning o‘ziga xos bo‘lgan uchta jihatini aniqlagan. Bular: mushak va suyakda og‘riq, kuchli charchoq va oyoqda pufakchalarning paydo bo‘lishi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|