Главная » 2022 » Сентябрь » 6 » O‘zbekistonda “zagranpasport” olish osonlashtirildi
12:35

O‘zbekistonda “zagranpasport” olish osonlashtirildi


Endilikda fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi maʼlum qildi.

Qog‘oz ko‘rinishidagi ariza-anketani to‘ldirish amaliyotidan to‘liq voz kechilib, faqatgina elektron so‘rovnoma to‘ldirish mexanizmi joriy etilgan.

Ayrim murakkab hollarda xizmat oluvchilar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan qator maʼlumotnoma va “spravka”lar qisqartirildi. Xususan: 

18-27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun – harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilingan;

Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

Davlat xizmatini ko‘rsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda SMS-xabar yo‘llash orqali xabardor qilib boriladi, shuningdek YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu unga hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi bo‘lsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: O‘zbekistonda, olish, zagranpasport, osonlashtirildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz