22:18 Koronavirusning barcha shtammlariga qarshi vosita ixtiro qilindi | |
Estoniyalik olimlar koronavirus infeksiyasining barcha shtammlariga qarshi kurashuvchi yangi burun spreyi ixtiro qilishdi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda. Qayd etilishicha, preparat "Bio Block" deb nomlangan. Uning barcha ma’lum bo‘lgan COVID-19 shtammlaridan himoya qilishi laboratoriya sinovlari bilan tasdiqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Tartu va Estoniya hayot fanlari universiteti olimlari konsorsiumi tomonidan tayyorlangan.
Olimlarning ta’kidlashicha, sprey "britancha", "afrikancha", "brazilcha" deb nomlangan koronavirus shtammlariga, shuningdek, "delta" va Uxandagi asl shtammlarga qarshi juda ham samarali natija ko‘rsatgan. Hozirda, Estoniya hukumati yangi spreyni mamlakat ichida sotilishga ruxsat bergan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|