08:34 «Pochka qismimni sotaman». Toshkentlik fuqaro buyragini sotish uchun e’lon berdi | |
Toshkentda 29 yoshli fuqaro buyragini sotish uchun «OLX»ga e’lon berdi. U buyragini 2 ming dollarga baholagan. Bu haqda "teznews.uz" xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro buyragini 2 ming AQSh dollariga sotish uchun e’lon bergan. «Pochkamni sotaman, yoshim 29 da. Iloji boricha tezroq. Telefon raqamim orqali batafsil ma’lumot beriladi. Sog‘lom», — deb yozadi fuqaro e’lon haqida keltirilgan tavsifda. E’lon beruvchi o‘zining shaxsi va jinsi haqida hech qanday ma’lumot qoldirmagan. Ma’lumot uchun, Yevropada inson ichki organlari, jumladan, ingichka ichak – 2,5 ming dollar, buyraklar – 70 ming dollar, yurak – 250 ming dollar, o‘pka – 20 ming dollar, ko‘zning shox pardasi – 5 ming dollar, jigar – 120 ming dollar, bosh – 5 million dollar, oshqozon – 10 ming dollar, tuxum hujayralar – o‘rtacha 7,5 ming dollargacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Qozog‘istonda buyrak 10 million tenge, ya’ni 23 611 dollarga baholangan. Shuningdek, kiyevlik Ulyana buyragi uchun deyarli 350 ming dollar so‘ragan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|