17:01 2 noyabr kuni Yerga asteroid yaqinlashadi. U qanchalik xavfli? | |
NASA dushanba kuni Yerga minimal masofada yaqinlashishini taxmin qilayotgan potensial xavfli asteroid 2018 VP1 atmosferada yonib ketishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Amaliy matematika instituti ilmiy xodimi, astronom Leonid Yelenin ma’lum qildi.
Olimning aniqlik kiritishicha, ushbu xulosalar astronomlar uchun mavjud bo‘lgan ob’ekt trayektoriyasi haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Astronomlarga yangi hisob-kitoblar uchun hali mavjud bo‘lmagan qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinadi.
2018 VP1 asteroidi 2018 yilning noyabr oyida Amerika Palomar observatoriyasida avtomatlashtirilgan ZTF teleskopi tomonidan kashf etilgan. U diametri ikki metr bo‘lgan Yerga yaqin oddiy asteroid hisoblanadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|