18:27 Astronomlar Yerga eng yaqin qora tuynukni aniqlashdi | |
Astronomlar Gaia teleskopi yordamida Yerga eng yaqin qora tuynukni aniqlashdi. U sayyoramizdan bor-yo‘g‘i 1600 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, massasi Quyoshnikidan o‘n baravar ortiqroqdir. Qayd etilganidek, qora tuynuk Gaia BH1 nomini oldi. Mutaxassislar uni 10 quyosh massasi deb hisoblamoqda. Gaia BH1 bizdan 1560 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bizga eng yaqin deb hisoblangan oldingi qora tuynukdan ikki barobar yaqinroqdir. Ehtimol, yaqin kelajakda mutaxassislar bundanda yaqinroqda joylashgan qora tuynuklarni topishlari mumkin.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|