18:52 Yerga magnit bo‘roni yaqinlashmoqda | |
Ertaga, 23 sentyabr kuni Yer sayyorasida magnit bo‘roni yuzaga keladi. Bu haqda “K-news” nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Quyosh dinamikasi rasadxonasi joriy yilning 20 sentyabr kuni Quyoshning janubiy yarim sharida toj shaklidagi teshikni aniqlagan. Tuyunuk Yerga qarab turibdi. Ana shu joydan chiqqan plaza Quyosh shamolini yuzaga keltirib, 3 kunda Yerga yetib kelishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, 23 sentyabr kuni shamol Yer sayyorasiga yetib keladi va magnit bo‘ronini keltirib chiqaradi. Ma’lumot uchun, magnit (geomagnit) bo‘roni Yerning geomagnit maydonining harakatga kelishi natijasida yuz beradi. U quyosh shamoli hamda sayyora magnitosferasining o‘zaro harakati ta’sirida paydo bo‘ladi. Bunday bo‘ron bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi va ayrim odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|