Главная » 2017 » Январь » 10 » 7 kunda 8 kilogrammga ozamiz!
13:04

7 kunda 8 kilogrammga ozamiz!


Inson qancha ko‘p yesa, oshqozon devorlari yanada kengayib, ishtaha ochilaveradi. Ozmoqchi bo‘lsangiz, bu odatni yo‘qotishga harakatqiling. Taom miqdorini kamaytira olsangiz, marra sizniki. Oshqozon  normal holatigacha kichrayadi, ovqat hazm qilish tizimi yaxshilanadi, ortiqcha vazn esa izsiz yo‘qoladi.

1.    Bir porsiya ovqat 150-200 grammni yoki 5 osh qoshiqni tashkil etsin. Bu parhezni tutish uchun ovqatlanishda jiddiy cheklovlar deyarli yo‘q, ammo tezroq va yaxshiroq natijaga erishish uchun shokolad, shirinlik, pishiriqlar va gazlangan ichimliklarni iste’mol qilmay turganingiz ma’qul. Choy va qahvani ham shakarsiz ichishga harakat qiling.

2.    Taomlanish orasi 3 soat bo‘lishiga ahamiyat bering. Ovqatlanish jarayonida suv yoki choy bilan taomlanish yaramaydi, bunda oshqozon devori kengayaveradi, siz esa to‘yganingizni bilmay qolaverasiz. Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng choy iching.

3.    5 osh qoshiqli parhez uchun kunlik taomnoma:

7:00. 5 osh qoshiq guruch yoki gerechixali bo‘tqa. 30 daqiqadan so‘ng esa shakarsiz choy yoki sutli qahva.

10:00. Istalgan meva yoki mevali salat va 5 osh qoshiq yogurt

13:00. 5 osh qoshiq kartoshka bo‘tqasi, guruch, sabzavotli bo‘tqa yoki no‘xotli bo‘tqa. So‘ng tushlikni oqsillar bilan davom ettiring: 200 gr. baliq yoki 200 gr. mol go‘shtiga 3 osh qoshiq grechixa va 2 bo‘lak dimlangan tovuq go‘shti qo‘shib yeng.

16:00. 200 gr. qatiq yoki bodring va pomidor, 5 osh qoshiq sabzavotli salat. Ozgina yong‘oq va quruq mevalar ham yeyishingiz mumkin. Shuningdek, lavash va pishloqdan buterbrod tayyorlab tanovul qiling.

19:00. 5 osh qoshiq grechixa yoki 200 gr. baliq va 1 stakan kefir yoki 5 osh qoshiq bug‘da pishirilgan sabzavotlar.

4.    Bu parhez organizmga zarar keltirmaydi. Xavotir olmang, parhezdan so‘ng yana vazn yig‘ishni boshlamaysiz. Chunki parhez vaqtida oshqozon devorlari kichrayib, o‘z holiga qaytdi. «To‘ymaslik kasali» endi o‘tmishda qoldi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Rashk, o'ynash, Er-xotin, mashuqa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz