09:35 Alisher Usmonov Namanganda Xalqaro biznes markazi qurib beradi | |
6 gektarni egallagan mazkur hududda UMS Holding asoschisi, mashhur tadbirkor hamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun’iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi. — Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi, — dedi viloyat hokimi. Shavkatjon Abdurazzaqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e’tibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta’kidladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|