19:03 Amerikalik dizayner kelin ko`ylakni ikki million dollarga tikdi | |
Amerikalik dizayner Rim Akra (Reem Acra) narxi 2,1 million dollar bo`lgan kelin ko`ylakni tikdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri. Mazkur kelin ko`ylak an`anaviy oq rangli matodan tikilgan bo`lib, og`irligi 165 karat bo`lgan qimmatbaho toshlar va Tiffany & Co zargarlik uyining qimmatbaho taqinchoqlari bilan bezatilgan. Nashr, bu to`y libosi britaniyaliklar kiyim uchun sarflaydagan mablag`dan 144 marotaba ko`pligini ta`kidladi. Rim Akra — asli kelib chiqishi livanlik bo`lgan amerikalik dizaynerdir, uning shaxsiy brendi ham mavjud.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|