16:59 Ana xolos! Xitoylik ayol egizak farzand ko‘rdi: otalari boshqa-boshqa | |
Xitoylik ayol eriga xiyonat qilganidan keyin egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Eng ajablanarlisi, egizaklarning otasi boshqa-boshqa. Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.
Ismi oshkor etilmagan ayol yangi tug‘ilgan bolalarining DNK tekshiruvini o‘tkazgandan so‘ng hayratlanarli holatga duch keldi. Xitoyda yangi tug‘ilgan bolalar ro‘yxatga olinayotganda DNK o‘tkaziladi. Turli otalardan egizaklarning tug‘ilishi superfekundatsiya deb nomlanadigan juda kam uchraydigan tasodif. Pekin Chjunchjensk Sud identifikatsiya markazi direktori Den Yatszyun bunday holat 10 milliondan bir vaziyatda sodir bo‘lishi mumkinligini aytdi. Superfekundatsiya odamlarda kam uchraydi, ammo bu boshqa hayvonlarda, shu jumladan mushuklarda, itlarda, sigirlarda va kemiruvchilarda nisbatan keng tarqalgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|