10:11 Andijonda 6 bemor koronavirusdan sog‘aydi | |
Bugun, 6 may Andijon shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 6 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. Shifo topgan fuqarolar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ular viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiya uchun kuzatildi. Ayni vaqtgacha mamlakat bo‘ylab koronavirusdan sog‘ayganlar 1507 nafarga yetdi. Eslatin o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha virus yuqtirganlar 2207 nafarni tashkil qilyapti Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|