16:46 Toshkentda 20 nafardan ortiq bemor koronavirusdan sog‘aydi | |
Toshkent shahrida 24 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun,17 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. 2 nafar fuqaro Sharja-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda BAAdan olib kelingan, 12 nafar fuqaro Tojikistondan kelgan va 1 nafari uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ularning barchasi karantinga olingan va koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning orasida 6 nafardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan, 5 nafari Surxondaryo viloyatidan, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan va 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ulardan 13 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda. Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 709 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 733 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2245 nafarni tashkil etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|