17:24 Bir yo‘la 55 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib chiqdi | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand viloyati va Toshkent shahrida jami 55 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 30 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 78 yoshli onaxon bo‘lsa, yoshi kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Xorazm viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 7 nafar, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Toshkent shahridan 2 nafar, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan. Shuningdek, Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Toyloq tumanidan 3 nafardan, Pastdarg‘om, Urgut va Oqdaryo tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 25 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar 265 nafar bo‘lsa, endilikda 274 nafarga yetdi. Ma’lumot uchun, bugun hozirga qadar 55 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2783 nafarga yetdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|