Главная » 2020 » Май » 20 » Ikki hududda jami 11 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
13:52

Ikki hududda jami 11 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida 11 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 20 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar va Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, sog‘ayib chiqqanlarning barchasi erkak bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning 3 nafari Buxoro viloyatidan, 2 nafari Xorazm viloyatidan, 1 nafari esa Navoiy viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 21 yosh. Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu paytga qadar 112 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 118 nafarga yetdi.

Shuningdek, Namanganda sog‘ayganlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 1 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan shahridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 14 yosh. Viloyatda shu paytga qadar 214 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 219 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2349 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sog‘aydi, Bemor, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz