20:07 Andijonda yo‘lovchi talashgan kirakashlar o‘rtasida pichoqbozlik bo‘ldi | |
2020 yil 23 aprel kuni soat 17:30 larda 22 yoshli M.Q. Andijon viloyati, Shahrixon tumani Qo‘rg‘oncha maxallasida 27 yoshli D.J. bilan avtomashinalarida yo‘lovchi tashish navbati masalasida janjallashib qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o'tdi. Janjal vaqtida M.Q. xo‘jalik pichog‘i bilan D.J.ga tan jarohati yetkazadi va oqibatda D.J. tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi (badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va M.Q. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|