11:12 Androidda o‘ta xavfli virus aniqlandi | |
Mobil qurilmalar xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi «Zimperium» kompaniyasi mutaxassislari androidlarda tizim yangilanishi niqobi ostida yashiringan virus borligini aniqlashdi.
Zararli dasturiy ta’minot smartfonga o‘rnashib olganidan so‘ng qurilmani masofadan boshqaradigan Firebase serveriga ulanadi. Shu tarzda qurilmadagi ma’lumotlar foydalanuvchidan yashirincha serverga jo‘natila boshlanadi. Virusning imkoniyatlari anchagina keng: smartfondagi xabarlarni va ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi, brauzerdagi sozlamalarni, qidiruvlar tarixini, mikrofonda yozib olingan qo‘ng‘iroqlar va ovozlarni qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, o‘zi fotosurat olib, geolokatsiyagacha kuzatadi. Xabarga ko‘ra, ushbu virusni topish juda qiyin, chunki yaxshigina niqoblangan — internetga sarflanayotgan trafikni kamaytirib ko‘rsatadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|