14:58 Olimlar yana bir o‘ta xavfli virus haqida xabar berishdi! | |
Otago universiteti olimlari Treponema pallidum bakteriyasi keltirib chiqaradigan va frambeziya deb ataladigan xavfli yuqumli kasallik haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi. Bu haqda Bioarchaeology International jurnalida xabar berilgan. Tadqiqotchilar Vyetnamning Nin-Binx provinsiyasidagi Man Bakvo arxeologik joyida qazish ishlari paytida topilgan qadimiy odam qoldiqlarini tahlil qildilar. To‘rt ming yillik skeletlarda suyakning doimiy shikastlanishiga olib keladigan kasallik belgilari aniqlandi. Hozirga qadar Osiyoda frambeziyalarning mavjudligi to‘g‘risida aniq dalillar yo‘q edi. Olimlarning fikricha, kasallikning tarqalishiga qishloq xo‘jaligining rivojlanishi sabab bo‘lgan. Hozirgi Xitoy hududidagi dehqonlar janubga ko‘chib o‘tganlar, natijada frambeziya virusi ovchilardan iborat qabilalarga yuqqan, ular Afrikadan Osiyoga ko‘chib o‘tgan. Asosan, bolalarga ta’sir qiladigan frambeziya kasalligi teginish orqali yuqadi va terining jiddiy shikastlanishi bilan tavsiflanadi. Ushbu kasallik dunyoning aksariyat qismida yo‘q qilingan, ammo hanuzgacha Tinch okeanining g‘arbiy qismida keng tarqalgan bo‘lib, u yerda 30 mingga yaqin odam zarar ko‘rmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|