20:20 Armaniston davlati to‘liq tugatiladi, agar... | |
Armaniston xalqi Nikol Pashinyanning to‘dasini hokimiyatdan quvib chiqarishi va hukm o‘qishi kerak, aks holda u xalq emas va o‘z davlatini yo‘qotadi. Bu haqda "Vaqt mohiyati" harakati rahbari Sergey Kurginyan "Rossiya" telekanali efirida aytib o‘tdi. “Millat keyingi turda o‘zini qanday tutishini anglaydimi? Hammasi shu savolning javobiga bog‘liq. Pashinyan – razil, xoin, bunday xoinlarning butun to‘dasi bor va agar bularning barchasi yaqin haftalarda tozalanmasa, u holda bu nafaqat Qorabog‘dagi pozisiyalarning yo‘qotilishi, balki Armaniston davlatining to‘liq tugatilishi bilan yakun topadi", – dedi Kurginyan. Shuningdek, uning aytishicha, Armaniston polisiyasi kimning do‘st va kimning dushman ekanligini anglab yetmayapti. Bu esa Armaniston davlatining barham topishini anglatadi. Agar arman xalqi o‘z fikrini o‘zgartirmasa, o‘z davlatini boy beradi. “Butun to‘da ketishi kerak. Pashinyanning jamoasi harbiy tribunal tomonidan jazolanishi lozim", – davom etdi siyosatshunos.
Manba: "aniq.uz"
| |
|