Главная » 2017 » Апрель » 25 » Asabiylikni davolashning antiqa usuli
08:20

Asabiylikni davolashning antiqa usuli


Asabiylik – qattiq qo‘rqish, jiddiy xafa bo‘lish, ruhiy zo‘riqish (stress) va asabning buzilishi boshqa ko‘pgina kasalliklar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Salbiy ta’siri

Inson asabiylashsa, miya, jigar, buyrak va yurakka ozuqa tashuvchi yo‘llar bo‘g‘iladi. Ko‘z qorachig‘i kengayib, yurak urishi tezlashadi. Bunday vaqtda jigardan uglevodlar (zararli suyuqlik) ajrala boshlaydi. A’zolarning bunday pala-partish ishlashi ko‘p kasalliklarning (stenokardiya, infarkt, insult) kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Chehrasi ochiq, salga achchig‘i chiqmaydigan odamlar ruhan va jismonan tetik bo‘lishadi. Nerv tolalarining uzilishi a’zolarimizdagi oziq moddalar kamayishiga, holsizlikka olib keladi. Masalan, jismimizda kalsiy moddasi yetishmasa, mushaklarimiz og‘rib, suyaklarimiz mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin. Yuzimizga tabassum qaytishi bilanoq, miyamiz tajanglikni so‘ndiruvchi moddalar ishlab chiqara boshlaydi.

Davoning antiqa usuli

Zamonaviy tibbiyot olimlari yalangoyoq yurishning asab-muskul jarayonlarini faollashtirish, qon bosimini mo‘’tadillash va barqaror qilish, vujuddagi modda almashinuv jarayonlarini yaxshilash, xususan, to‘qimalarni kislorod bilan to‘yintirishda katta yordam berishini aniqlashgan. Poyabzalsiz yurishni afzal ko‘ruvchilar hamisha yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi, lablaridan tabassum arimaydi, butun tanalarida ko‘tarinkilik doimiy hamroh bo‘ladi. Vaqtinchaga poyabzalni tark etish ijobiy hissiyotlarni uyg‘otib, buning natijasida stenokardiya, gipertoniya va boshqa asr kasalliklarining oldini olishda katta samara beradi.

Tavsiya

Muntazam badantarbiya qilish, ochiq havoda aylanish, ayniqsa, uyquga yotishdan oldin besh-o‘n daqiqa yurish juda foydali. Tabiat qo‘yniga chiqib zavqlanish, vaqti-vaqti bilan toza suv havzalarida cho‘milib turish ham kerak. Shuningdek, ozuqaga boy ovqatlarni me’yorida yeyish yaxshi. Ezgu niyat, chiroyli so‘z, yaxshi amal, ota-ona, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi munosabat ham asablarimizga tinchlik beradi, mustahkamlaydi. Demak, imkon boricha turli asabbuzarliklarning oldini olishga intilishimiz, yaxshilikka ishonch, kelajakka umid bilan yashashga o‘rganishimiz zarur.

Madina Muhammadiyeva


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: davolash, antiqa usuli, Asabiylik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz