Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Hammasi asabdan! Asabiylikning oqibatlari bilan tanishing!
17:26

Hammasi asabdan! Asabiylikning oqibatlari bilan tanishing!


Organizmimizdagi o‘zgarishlarga o‘zimiz sababchimiz, desam ishonasizmi? Aslida ham shunday ekan-da. Ayniqsa, asabiylik oqibatida nafaqat turli xastaliklar balki umrimizni ham qisqartiramiz, deydi ruhshunoslar.

«Voy-voy boshim...»

Tez-tez boshingiz og‘rishi asabiylik va uning oqibatida kelib chiqadigan havotir, hadik xissidan bo‘ladi. Fahmlaganingizdek, bsh og‘riqlarining chorasi tinchlanish va har bir voqea-hodisani ko‘ngilga yaqin olmaslikdir.

«Ko‘zim qizarib ketdi...»

Atrofingizdagi hodisalarga ta’sirchanligingiz tufayli asabiylashasiz. Bu esa ko‘z nurining xiralashishi hamda shu a’zo bilan bog‘liq boshqa bezovtaliklarni keltirib chiqaradi. Tushunganingizdek, ko‘zlaringizni asrash uchun salgina beparvo bo‘lishni o‘rganishingiz kerak.

«Quloqqinam og‘ridi-ya...»

Suhbatdoshingizni tinglashni bilmaysiz. Bu haqida o‘zingizga aytishganida esa jaxlingiz chiqadi. Quloq og‘rig‘ingizning boisi ham shu. Muammoning yechimini bildingiz-a?!

«Tumovdan bezor bo‘ldim...»

Fikrlaringizni to‘g‘ri ifoda etolmaysiz. Sizni noto‘g‘ri tushunishganida esa xafa bo‘lib, o‘z qobig‘ingizga o‘ralib olasiz. Mudom atrofdagilardan arazlash, bo‘lib o‘tgan voqealardan gina qilish nafas yo‘li, xususan burunga zarar ekan. Bu hodisani ilmiy asoslab bersak uzoq tushuntirishga to‘g‘ri keladi. Shu bois qisqagina qilib, ginachiligingizni yig‘ishtiring va tumovdan halos bo‘lasiz deymiz.

«Tomog‘i-i-i-m...»

Odamlar men haqimda qanday fikrda ekanlar, deya hamisha turli xayollarga berilasiz, xatti-harakatlaringizni nazorat qilish bilan bandsiz. Bordiyu kimdir sizga tanbeh bersa, haqligingizni isbotlashdan cho‘chiysiz. Ya’ni gapirolmaysiz. Shunga ham tomog‘ingiz tez-tez og‘rib turadi. Bu albatta ruhiyat va tana salomatligining bir-biriga bog‘liqligi. Ishonish , ishonmaslik esa o‘zingizga bog‘liq.

«Qorin dam bo‘lishi»

E’tibor bergan bo‘lsangiz kishi xayajonlanganida qorin sohasida allaqanday tushunarsiz xodisa ro‘y beradi. Asabiylashganimizda esa qorinda og‘riq yoki gaz to‘planishi sodir bo‘ladi. Aniqlanishicha, asab tolalari qo‘zg‘alib ana shunday o‘zgarishlarga sabab bo‘larkan. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: asab, bilan, oqibatlari, Asabiylik, Hammasi asabdan, tanishing | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz