Главная » 2017 » Июль » 23 » Ayol "yo'q" desa... (+18)
10:25

Ayol "yo'q" desa... (+18)


Ayolning noz qilishi uning aybi emas, balki erkakning uni oldida kuchini ko'rsata olishi uchun imkoniyatdir. Bir shoir "Ayolni tushunish kerak emas, uni sevish kerak", deb aytgan ekan. Nega, desangiz, chunki ayolni erkak hech qachon tushunmaydi.

Erkak o'ylaganidek ayol mantiqsiz yoki aqlsiz bo'lgani uchun emas, balki ayol atrof-muhitga hissiyot bilan qarashi va barcha amallarni, gaplarni hissiyot bilan qilishi uchundir. Erkak esa aksincha, hissiyotlarga berilmay faqat mantiqan ish tutishga qodir.

Demak, ayolda mantiq yo'q deyish notog'ri. Chunki ba'zi muammolarni hal qilishda quruq mantiq kerak bo'lsa, ba'zida hissiyot yordam bera oladi. Undan tashqari hamma erkak ham o'ta yuqori darajadagi aqlga ega emas. Shunda muammo hal qilishda uning mantiqi unga pand berishi hech gap emas.

Agar er-xotin muammoni hal qilishga birgalikda yondashsalar, ya'ni hissiyot va mantiq ila, u holda uning yechimi shunchalik to'g'ri bo'la oladi.

Demakki erkaklar, ayol gapiga ham nazar solishlari darkor...har doim ham mantiq to'g'ri bo'la olmaydi.

Ba'zida erkaklarning asabi buziladi, "bu ayollarni tushunib bo'lmaydi", u meni hech tushunmaydi", deb. Shunda bir o'ylab ko'ring, yoningizda sizni har tomonlama tushinadigan, siz bilan bir fikrga har doim ega bo'ladigan, erkak kabi har bir ishga mantiqan yondashadigan ayol bo'lgani yoki sizni hal qilib bo'lmas bir muammo qiynayotganda u muammoni hal qilishga mantiqan urinishdan ko'ra sizni mehr ila yupatayotgan, yoki farzandlaringiz yig'laganda ularni jajji muammolarini hal qilish bilan ovora bo'lmay, bag'riga bosayotgan, ikki yo'l orasida qay biri to'g'ri ekanligini bilolmay turganingizda o'z hissiyotlari bilan sizga kerakli yo'lni ko'rsatib bera oladigan ayolning bo'lishi yaxshi emasmi?

Albatta yaxshi, erkak aynan shu hissiyotlarga muhtoj. Unda bu yo'q, bu ham uning aybi emas, bu uning erkakligidandir. Agar shunday bo'lmaganda, qadimdan erkak erkak bilan yashashni istardi, lekin erkakni doim ayol jalb qilgan, shunday mantiqqa tayanmaydigan, lekin chuqur hissiyot bera oladigan ayol.

Erkaklar, ayoldan ranjish kerak emas, ayolni seving xolos. Shunda u naqadar ajoyib ekanligini anglaysiz.

Ayol sizning talab yoki iltimosingizga hafa bo'lib "yo'q" deyayotgan bo'lsa, demak, "u qarshi", deb mantiqqa berilmang, ayol shunchaki shu payt o'zini haqiqiy ayol, nozlanish tabiatan berilgan ayol, yonidagi erkak esa uni ko'tara oladigan kuchli erkak ekanligini anglashni istaydi xolos.

Albatta, har kuni har bir gapga "yo'q" deb erini asabiga tegadigan holatni nazarda tutmayammiz, bu ayollik emas, balki oddiy injiqlikdir, xolos.

Lekin ba'zida ayol ko'ngliga qo'l solib turish kerak. Shunda uning nozlanishi, qilayotgan erkaligi, "yo'q" deyishi sizdan "buning sababi nima ekan?" yoki "bugun nima bo'ldi bunga?" degan savollarga javob izlash emas, balki ayolingizni erkalab, ko'nglini olish, mehr va hissiyotlar bilan "ha" deyishiga undashingizni talab etadi.

Bir eslab ko'ring, er-xotin urishish davomida erkak hech narsa demay, ayolini qattiq quchoqlab olsa, ayol qay holatga kelishini.....unga shu payt boshqa hech narsa kerak emas!


Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: Er-xotin, Erkak, er, Ayol, yo'q desa | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz